Husanov haqiqiy jangchi – Gvardiola
Sport
−
09 fevral 9845 1 daqiqa
Kecha, 8 fevral kuni Angliya Premer-ligasi 25-turi doirasida “Liverpul” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda mehmonlar – “Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 61 daqiqa maydonda harakat qildi. O‘yindan so‘ng Pep Gvardiola Husanov haqida ijobiy fikr bildirdi.
“U birinchi marta “Enfild”da o‘ynadi. O‘zbekistondan kelib, Fransiyada yarim yilgina o‘ynab, shu darajani ko‘rsatmoqda. Bu yerda birinchi marta maydonga tushib, Saloh va Ekitikedek futbolchilarga qarshi ajoyib futbol ko‘rsatdi. To‘p bilan ham, to‘psiz ham. Qanday iqtidor u haqiqiy jangchi”, deydi Gvardiola o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov uchrashuvning 61-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Ruben Diash o‘yinga tushirildi. Bir bo‘limdan sal ko‘proq harakat qilgan himoyachining o‘yini “SofaScore” portali tomonidan 6,5 ballga baholandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” chempionatdagi ochkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasi esa 56 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Live
Barchasi