Husanov dunyoning eng kam baholangan futbolchilari qatoriga kiritildi
Sport
−
17 mart 35830 1 daqiqa
“The Athletic” tahlilchilari dunyoning eng kam baholangan futbolchilari ro‘yxatini tuzdi. Undan “Manchester Siti” hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.
Qayd etilishicha, ko‘pchilik 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini o‘tgan mavsum “Chelsi”ga qarshi o‘yindagi omadsiz debyutidan so‘ng uni yo‘qolib ketadigan iste’dod deb hisoblagan. Biroq o‘sha uchrashuvdan keyin Husanov sezilarli darajada o‘sib, o‘zining kuchli tomonlarini namoyon eta boshlagan.
Qayd etilishicha, himoyachi yuqori tezligi, o‘yinni to‘g‘ri o‘qish qobiliyati va to‘p uchun keskin kurashishi bilan ajralib turadi. Ba’zan u ortiqcha tajovuzkorlik ko‘rsatishi mumkin, ammo bu tuzatish mumkin bo‘lgan jihat sifatida baholanmoqda. Shuningdek, u to‘p bilan muomala qilishda ham ancha ishonchli futbolchi hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatga “Real Madrid”dan Federiko Valverde, “Manchester Yunayted”dan Xarri Maguayr, “Manchester Siti”dan Bernardu Silva, PSJdan Joao Nevesh, “Bavariya”dan Harri Keyn va Aleksandar Pavlovich, “Barselona”dan Erik Garsiya, “Galatasaray”dan Viktor Osimxen, “Arsenal”dan Yurriyen Timber hamda “Kristal Pelas”dan Mitchell Tayrik ham kiritilgan.
Live
Barchasi