Husanov “Manchester Siti” asosiy tarkibiga qaytdi
Sport
−
09:51 5920 1 daqiqa
Kecha, 17 dekabr kuni Angliya Liga kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brentford” jamoasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uzoq tanaffusdan so‘ng asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Husanov bundan avval joriy yilning 26 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsda ilk daqiqalardan o‘ynagan edi. Shundan so‘ng u asosiy tarkibda maydonga tushmagandi.
“Brentford”ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U uchrashuvning 16-daqiqasida sariq kartochka olganiga qaramay, maydondagi eng faol va ishonchli futbolchilardan biri bo‘ldi. Sofascore portali o‘zbekistonlik himoyachining o‘yinini 7,2 ball bilan baholadi. Bu himoyachilar ichidagi eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.
Uchrashuvda Pep Gvardiola shogirdlari Rayan Sherki va Savinoning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Angliya Liga kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Live
Barchasi