Hujjatsiz dorilarni chegaradan olib o‘tishga uringanlar ushlandi
3-sahifa
−
07 aprel 1123 1 daqiqa
Toshkent viloyatining “Navoiy” hamda “Oybek” chegara bojxona postida amaldagi talablarga zid ravishda umumiy qiymati 175,5 mln so‘mni tashkil qiluvchi biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini olib kirishga urinishlar aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchiga tegishli avtomobilning yukxonasi tekshirilganda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 603 dona turli xil biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlangan. Shuningdek, avtomobilning ichidan qiymati 70 mln so‘mlik tibbiyot vositalari topilgan.
Qolaversa, qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda 185 dona turli xil tibbiyot buyumlari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, “Oybek” chegara bojxona posti orqali o‘tayotgan yo‘lovchining qo‘l yuklarida hech qanday hujjatlarsiz 1 050 dona tibbiyot vositalari borligi fosh etilgan. Aniqlangan dori va tibbiyot vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 175,5 mln so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kelingan 226 mln 343 ming so‘mlik biologik faol qo‘shimchalar fosh etilgandi.
Live
Barchasi