Toshkentning yangi hokimiga Ortiqxo‘jayevdan qanday “musor”lar qoldi?

Intervyu

Yodingizda bo‘lsa, 2023 yilning 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev  Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olgandi. Ortiqxo‘jayevning ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani, bergan va’dalarini bajarmagani aytilgandi o‘shanda. 

Buni qarangki, oradan vaqt o‘tib, shahar hokimining o‘rnini 2018 yildan buyon Prezidentga bergan va’dasini bajarmay kelayotgan “O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Shavkat Umurzoqov egalladi. 

Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ish boshlaganiga bir yil, rasman poytaxt hokimi etib tayinlanganiga bir oy bo‘lgan Shavkat Umurzoqov QALAMPIR.UZ'ning “sobiq shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan qanday muammoli meros qoldi?” degan savoliga uning vaqti qimmat turishi va u eski kunlarni kovlamasligini aytdi. 

“Men vaqtimni orqadagi narsani kovlashga sarflamayman. Vaqtim qimmatroq va oldinga qarashga harakat qilaman. Aholi soni 100 mingga o‘syaptimi, hamma narsani baravar olib borish kerak. Hech narsani o‘z-o‘zidan bajarib bo‘lmaydi. Ilm boilan qilish kerak. Ko‘chalarni “asfalt”lash mumkin, lekin bu tirbandlik muammosini hal qilmaydi. 

Har bir mahallaga biznes reja tuzyapmiz. Ishlarni aholi nazorat qilishi uchun esa barcha rejalarni ilib chiqyapmiz. Bu rejada shu mahallada qancha “skameyka”, veloyo‘lak, qancha istirohat bog‘lari, sport maydonchalari bo‘lishini aniq yozib qo‘yyapmiz. Bir narsani tan olishimiz kerak:  ko‘p ishlar qilingan. Yaxshi bo‘lishiga qarab yuryapmiz”, deydi shahar hokimi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev O'zavtosanoat shahar hokimi Shavkat Umurzoqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing