10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
3-sahifa
−
02 aprel 3633 1 daqiqa
Toshkent viloyatida advokat 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazoga almashtirib berishni va’da qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati mahalliy fuqaroga nisbatan sud idoralari tomonidan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berish evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi 1500 AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi