12 yoshli qiz yong‘in ichida qolgan ukalarini qutqarib qoldi

Olam

image

AQSHning Jorjiya shtatida 12 yoshli qiz ukalarini yonayotgan uydan qutqarib qoldi. Bu haqda “Good News Network” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in Jonsonlar oilasi bir necha oy oldin ko‘chib o‘tgan ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan. Olov garajda boshlanib, tez fursatda birinchi qavatga tarqalgan.

Maktab o‘quvchisi Meysi Jonson avtobusda uyiga qaytayotib, yong‘inni payqab qolgan. U vaqtni boy bermay uyga qarab yugurgan va ichkaridagi ukalarini xavfdan ogohlantirish uchun bor ovozi bilan baqira boshlagan. O‘sha paytda ukalaridan biri dushda bo‘lgan va nima sodir bo‘layotganidan bexabar edi, ikkinchisi esa garaj tepasidagi xonada uxlab yotgan bo‘lgan.

Qizning jasorati tufayli har ikki bola uyni vaqtida tark etishga ulgurgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, olovni jilovlagan va binoning butunlay yonib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.

Yong‘in oqibatida uyning bir qismi va oilaning mol-mulkiga jiddiy zarar yetgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Jorjiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing