2 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni aylantirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel 2608 1 daqiqa
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs noqonuniy kripto faoliyat bilan shug‘ullangani fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs iPhone 12 mobil qurilmasi orqali Bitget kriptobirjasining mobil ilovasidan foydalangan. U ilovada elektron hamyon tashkil etgan hamda 2025-2026 yillar davomida jami 2 milliard 50 million so‘mdan ortiq mablag‘ga teng bo‘lgan kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 3-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 6,5 mln dollar qiymatdagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan yigit ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi