“Meni tungi klubda ishlashga undadi”. O‘zbekistonlik ayol turkiyalik erkakdan $20 ming olmaganini aytdi (video)
3-sahifa
−
23 aprel 19429 3 daqiqa
Avvalroq, turkiyalik Rajab O‘nder ismli 56 yoshli erkak o‘zbekistonlik G. ismli 36 yoshli ayol undan 20 ming dollarni aldov yo‘li bilan olganini iddao qilgan edi. Ayol bu ayblovlarni inkor qilib, erkak pul bergan bo‘lsa ham buni o‘z xohishi bilan qilganini aytdi. Bu haqda u “ATV” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u istamasa ham erkak o‘z xohishi bilan yordam uchun pul yuborgan.
“2023 yilda Turkiyaga keldim va Rajabning taksisiga chiqdim. “Bunchalik go‘zal ayol ekansan, raqamimni ol, taksi lozim bo‘lganida chaqirasan”, deya raqamini bergandi. Men ham o‘z raqamimni bergandim… O‘zi taksichilik qiladi. Qayerdan topgan ekan 20 ming dollarni? Undan buncha pul olmadim. Menga bir tiyin puling kerak emas, menga ham, opamga ham yuborma, degandim. Biroq u o‘zim yuboryapman, deya 1000-1500 dollar yubordi. Bergan pullarini mayda-mayda qilib qayta so‘rardi, o‘sha paytlar hayotimdan chiqib ket deya bergan pulini yuziga uloqtirganman”, degan G.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u Rajabga ko‘ngil qo‘ygan. Biroq keyinchalik bolasidan so‘kkani, qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun aloqasini uzgan.
“Menga boshida kel, men bilan yasha dedi. Uni yaqindan tanish uchun 1-2 oy gaplashdim, biroq u sal boshqacharoq inson ekan. Shundan so‘ng, unga birga yashay olmasligimni aytdim. Avvaliga sevgandim, biroq sevganimga pushaymon bo‘ldim – bolalarimni so‘kardi, bolalaringni o‘ligini ko‘r, qon qussin, deya yomon gaplar eshitdim undan. Og‘ir botardi”, deydi ayol.
G. ning so‘zlariga ko‘ra, Rajab unga tungi ko‘ngilochar markazlarda ishlashni taklif qilgan va hatto bir do‘stidan shunday ishlarni surishtirib bergan.
“Oldin oyoq kiyim fabrikasida, keyin tekstilda ham ishladim. Hozir uy tozalovchi bo‘lib ishlayapman. O‘zi menga aytdi: men bilan oila qur, xohlasang ID-karta (biometrik hujjat) olgin dedi. Meni tungi ko‘ngilochar markazlarda ishlatishini aytdi. Hatto bir tanish do‘stidan ish so‘rab, gaplashdi. Ishing ham, puling ham kerak emas dedim”, degan ayol.
Shuningdek, ayol Rajab O‘nder uni boshqalardan aldov yo‘li bilan pul olishga ham undaganini aytgan.
“Rajab menga TikTok’dan boyvachcha bittasini topib, pulini o‘g‘irlab, mening yonimga kel, orqangda o‘zim turib beraman, dedi. Men uning bu gaplariga yo‘q dedim. TikTok’ga chiqishim mumkin, lekin birovning pulida ko‘zim yo‘q, deya qabul qilmadim”, deb unga qarshi chiqqan.
Shuningdek, ayol Rajab O‘nderning uy sotib olgani haqida iddao qilganidek, O‘zbekistonda uyi yo‘qligini, hech qanday uy sotib olmaganini qo‘shimcha qilgan. G. erkak ba’zida uning tinchini buzib, urush-janjal ham chiqarganini ma’lum qilgan.
“Uning janjallari sababli ijaradagi do‘stlarim meni uydan chiqardi, ko‘chada qoldim. Hozir uning hayotida bir ayol bor. Uyida birga yashaydi. Ularning fotosuratini bir do‘sti yubordi, hatto o‘zi ham yuborgan”, deydi G.
O‘nder ayolga turmush qurishni, ID-karta olishni, hatto Turkiya fuqaroligini olgach, xohlasa ajrashishini bildirgan.
“Men undan pul so‘ramadim, cho‘ntagidan o‘g‘irlamadim, boshiga to‘pponcha tirab ham olmadim. Senga yordam beraman, deya o‘zi yubordi. Oila qurib, menga ID-karta olishni, 3-4 yildan keyin esa Turkiya fuqaroligini olishni taklif qildi. Shundan keyin xohlasang ajrashgin dedi”, deydi G.
Live
Barchasi