20 yoshli basketbolchi o‘yindan keyin vafot etdi

Sport

image

AQSHning Oklaxoma shtatidagi Konnors Steyt kollejining ikkinchi kurs talabasi Itan Dits Texasning Denison shahrida Greyson kollejiga qarshi bo‘lib o‘tgan basketbol o‘yinida boshidan jarohat olgach, uch kun o‘tib vafot etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Bo‘yi 2,03 m bo‘lgan hujumchi va jamoa sardori Dits ikkinchi chorakda savat yaqinida o‘ynagan paytda boshiga zarba olib, o‘yinni tark etgan. Konnors Steyt kolleji matbuot kotibi Shennon Rigsbining ma’lum qilishicha, dastlabki tibbiy ko‘rik Ditsning ushbu o‘yinda boshidan jarohati olganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, ma’muriyat uning o‘limiga aynan ushbu jarohat sabab bo‘lganini rasmiy tasdiqlay olmagan.

“Itan Dits murabbiy har doim umid qiladigan o‘yinchi edi. U sport va akademik jihatdan iqtidorli edi va mehnatsevarlik muhimligini tushunardi. Agar siz uning tabassum qilayotganini ko‘rsangiz, uning chin dildan ekanini bilardingiz. U xarakterli inson va ajoyib jamoadosh edi”, deydi “Konnors Steyt” bosh murabbiyi Bill Muse.

Konnors Steyt e’loniga ko‘ra, 1 dekabrgacha ikkita ayollar va ikkita erkaklar basketbol o‘yini bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Itan Dits 2025 yilda har bir o‘yinda o‘rtacha 11 ochko va 9,4 to‘pni qaytarib olish ko‘rsatkichi bilan o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chikagoda 31 yoshli MMA jangchisi Isaak Jonson Matador Fighter Challenge musobaqasida ishtirok etayotganida jang oxirida yerga yiqilib tushgan va bir necha soat o‘tib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi basketbol 20 yosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing