2025 yilda havosi eng iflos mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Olam

image

2025 yilda Pokiston dunyoda havosi eng ifloslangan davlat deb topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, havodagi zararli mayda zarrachalar – PM2,5 darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan me’yordan 13 baravar yuqori bo‘lgan.

Havo sifati monitoringi bilan shug‘ullanuvchi IQAir portalining yillik hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda atigi 13 ta davlat va hududda PM2,5 darajasi JSST me’yoriga (1 kub metrga 5 mikrogrammdan kam) mos kelgan. 2024 yilda esa bunday davlatlar soni 7 ta edi.

Umuman olganda, kuzatilgan 143 davlat va hududning 130 tasi JSST tavsiyalariga javob bermagan. Eng yuqori ifloslanish darajasi bo‘yicha Bangladesh ikkinchi, Tojikiston uchinchi o‘rinni egallagan. 2024 yilda birinchi o‘rinda bo‘lgan Chad esa 2025 yilda to‘rtinchi o‘ringa tushgan.

2025 yilda dunyodagi eng ifloslangan shahar Loni bo‘lib, u yerda PM2,5 darajasi o‘rtacha 112,5 mikrogrammni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Hotan joylashgan (109,6 mikrogramm).

Hisobotga ko‘ra, 2025 yilda dunyo shaharlarining atigi 14 foizi JSST standartlariga javob bergan (2024 yilda bu ko‘rsatkich 17 foiz edi). Shuningdek, Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari sababli zararli zarrachalar darajasi AQSH va hatto, Yevropada ham oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil uchun hisobotda O‘zbekistonda PM2,5 o‘rtacha 31,4 ni tashkil qilgan va iflos havoli hududlar reytingida 19-o‘rinni qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston eng iflos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing