25 yil qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Joriy yilning noyabr oyida xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi  xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Tadbir natijasida ushlangan ushbu shaxs diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, "hijrat" va "jihod" qilishni maqsad qilgan. 1999 yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan hamda Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib utamiz, avvalroq interpol qidiruvidagi 3 o‘zbekistonlik BAAda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati terroristik tashkilot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing