33 yoshli erkak onasini boltalab, o‘zini esa yoqib o‘ldirdi
Olam
−
30 mart 20923 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni Ozarbayjonda 33 yoshli erkak onasini boltalab, o‘zini esa yoqib o‘ldirdi. Bu haqda “Oxu.az” xabar qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Anar Allohberdiyev 1959 yilda tug‘ilgan onasi Chechak Serdarovaga hujum qilib, uni bolta bilan ayovsiz tarzda o‘ldirgan.
Voqea ortidan erkak o‘z joniga qasd qilgan. U o‘ziga yonuvchan suyuqlik sepib, o‘t qo‘ygan. Olingan og‘ir tan jarohatlari oqibatida u ham hodisa joyida halok bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan hududga zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tezkor xizmatlar yetib kelgan. Hozirda voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sobiq ichki ishlar xodimi xotinini 6 marta o‘q uzib o‘ldirgandi.
Live
Barchasi