7 balli zilzila xavfi oshyaptimi? FVV munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Kecha, 1 iyun kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ikki sutkadan so‘ng sharqiy yarim shardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi oshayotgani, bunga kuchli magnit bo‘roni kuzatilayotgani sabab bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlar asossiz ekanini aytib, fuqarolardan xavotirga tushmasliklarini so‘radi.

“Shuni ma’lum qilamizki, seysmik faollik magnit bo‘roniga bog‘liq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q.

Shu sababli FVV fuqarolardan asossiz ma’lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalarni ko‘rsatuvchi anomal o‘zgarishlar aniqlanmaganligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 31 mayga o‘tar kechasi Quyoshda 2025 yilning eng yirik portlashi (CME – Coronal Mass Ejection) ro‘y bergandi. Ushbu hodisa bevosita Yer tomonga yo‘naltirilgani sababli alohida e’tibor qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing