Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Jamiyat

image

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishi mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishi lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlangani va onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturientlar Oliy ta'lim vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing