Afg‘onistondagi suv toshqinlari qariyb 6000 oilani uysiz qoldirdi

Olam

image

Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari 5 700 dan ortiq oilaga zarar yetkazdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xabar berdi

Tashkilotning kecha, 9 aprel kuni bergan bayonotida so‘nggi toshqinlar mamlakatning 32 viloyatini qamrab olganini BMT yordam guruhlari esa joylarda favqulodda yordam ko‘rsatish uchun safarbar etilganini bildirgan.

Xalqaro migratsiya tashkilotiga ko‘ra, hozirgacha 500 ta oila boshpana va zaruriy vositalar bilan ta’minlangan, qutqaruv hamda yordam ishlari esa davom etmoqda.

Afg‘onistonda yog‘ingarchilikning keskin ortishi va kuchli suv toshqinlari nafaqat qurbonlarga sabab bo‘lgan, balki ko‘plab oilalarni boshpanasiz qoldirib, tezkor va keng ko‘lamli gumanitar yordamga ehtiyojni yanada oshirgan.

Qayd etish joiz, Afg‘onistonda so‘nggi vaqtlarda tabiiy ofatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilning 3 aprel kuni Badaxshon shahridagi 6 balli zilzila oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi. Qolaversa, mazkur zilzila O‘zbekistonda ham sezilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 99 kishiga yetgandi, yana 154 kishi jarohat olgandi. Shuningdek, mart oyining oxiridan buyon kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 148 nafarga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BMT suv toshqini uysiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing