Afg‘onistondan Surxondaryoga 1 kg opiy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Afg‘oniston fuqarosi WhatsApp orqali aloqaga chiqib, 1 kg opiy giyohvandlik moddasini 10 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. Ular moddani O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirishni rejalashtirgan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan shaxs giyohvandlik vositasini yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan domkrat ichiga yashirgan holda chegaradan olib o‘tishga uringan.

12 mart kuni soat taxminan 07:00 da “Kamaz” rusumli yuk mashinasi haydovchisi chegara hududidan o‘tayotgan paytda ushbu moslama O‘zbekiston hududida qoldirilishi rejalashtirilgani aniqlangan.

Kunning ikkinchi yarmida domkrat belgilangan shaxsga topshirilayotgan paytda tezkor xodimlar tomonidan, xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida domkrat ichidan sariq skotchga o‘ralgan, o‘tkir hidli, umumiy og‘irligi 1 kg 93 gramm bo‘lgan, taxminan 4372 dozaga teng opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida 10 ming AQSH dollarini olayotgan Afg‘oniston fuqarosi ham Termiz tumanidagi xalqaro bozor hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida elektr ta’minotiga mas’ul idora xodimi narkotik sotayotganda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Surxondaryo opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing