Agar Flik bo‘lmaganida, men “Barselona”ni tark etgan bo‘lardim – Rafinya

Sport

image

Bugun, 11 yanvardan 12 yanvarga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” “Real Madrid”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng Rafinya uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi o‘yinning eng muhimi shuki, jamoa ikkinchi bo‘limda diqqatini jamlagan holda qaytdi. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni bajardik. Agar Flik kelmaganida, men “Barselona”ni tark etgan bo‘lardim. U hamma narsani o‘zgartirdi, menga muhim bo‘lishimni aytdi. O‘yinchiga aynan shu kerak – o‘ziga ishonch”, deydi braziliyalik futbolchi.

“Barselona” tarixida birinchi marta “Real Madrid”ga qarshi ketma-ket uchta finalda g‘alaba qozondi. O‘tgan yili Kataloniya klubi Ispaniya Superkubogi (5:2) va Ispaniya Kubogida (qo‘shimcha vaqtda 3:2) g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, tashkilotchilar tomonidan Rafinya Ispaniya Superkubogi finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Rafin'ya “Real Madrid” Ispaniya Superkubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing