AQSH harbiylarining bir qismini Polshaga ko‘chirdi
Olam
−
17 may 1797 1 daqiqa
AQSH Polshaga Texasdagi Birinchi kavaleriya diviziyasi bo‘linmalarini ko‘chirmoqda. Bu haqda Polsha Milliy xavfsizlik byurosi (BBN) direktori Bartosh Grodetskiy ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Polshadagi Amerika qo‘shinlari sonining ayni paytdagi o‘zgarishi AQSH Qurolli kuchlarining davom etayotgan rotatsiyasi (almashinuvi) bilan bog‘liq bo‘lib, u Texasning Fort-Xud bazasidagi AQSH Birinchi kavaleriya diviziyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Fort-Xuddan Polshaga rejalashtirilgan qo‘shinlar miqdorining 20 foizdan ortig‘i, shuningdek, harbiy texnikaning qariyb 70 foizi ko‘chirib bo‘lingan.
Bundan bir necha kun avval “The Wall Street Journal” (WSJ) gazetasi AQSH Yevropadagi o‘z harbiy ishtirokini qisqartirish qadamlaridan biri sifatida Polshaga zirhli tanklari brigadasini yuborishni to‘satdan to‘xtatishga qaror qilgani haqida yozgan.
Shu bilan birga, Polsha Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish amerikaliklarning ushbu qadami Varshavaga “daxl qilmasligini”, balki “AQSH Qurolli kuchlarining Yevropadagi ishtirokini o‘zgartirish bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan reja” bilan bog‘liq ekanligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shinlarini Germaniyadan Polshaga ko‘chirishi mumkinligini aytgan edi.

Live
Barchasi