AQSH blokadasiga qaramay Eron tankeri Hormuzdan o‘tdi

Olam

image

Islomiy inqilob qo‘riqchilari korpusi 21 aprelga o‘tar kechasi Eronning Silly City nomli neft tankeri Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tib, mamlakat hududiy suvlariga kirganini bildirdi. Bu haqda korpusning Telegram’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Ma’lumotga ko‘ra, tanker Arab dengizi orqali harakatlanib, Eron harbiy-dengiz kuchlari hamrohligida mamlakat suv chegarasini kesib o‘tgan. Hozirda u Eronning janubiy portlaridan birida to‘xtab turibdi.

13 aprel kuni AQSH Eron portlariga nisbatan Hormuz bo‘g‘ozida blokada joriy qilgan edi. Eron esa dengiz savdosiga cheklovlar qo‘yilganini inkor etmoqda.

“Axios” nashriga ko‘ra, korpus Eron delegatsiyasidan blokada bekor qilinmaguncha AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘lmaslikni talab qilmoqda. Shu bilan birga, CNN manbalariga tayanib, Islomobod shahrida AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar 22 aprelga rejalashtirilgani xabar qilingan, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish haqida buyruq bergandi. Uning aytishicha, Pokiston rahbariyati vositachilik qilib, AQSHdan Eronga zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan. Shu sabab Tramp AQSH Qurolli kuchlariga Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani davom ettirish, jangovar tayyorgarlikni saqlab turish va muzokaralar yakuniga qadar sulhni uzaytirishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp blokada Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing