AQSH Erondagi 11 mingdan ortiq nishonni yo‘q qildi
Olam
−
29 mart 5992 1 daqiqa
Amerika qo‘shinlari harbiy operatsiya boshlanganidan beri Eron hududidagi 11 mingdan ortiq nishonni yo‘q qildi. Bu haqda 29 mart kuni AQSH Qurolli Kuchlarining Yaqin Sharqdagi Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, zarba berilgan ob’ektlar orasida Eronning 150 dan ortiq harbiy kemalari bor bo‘lib, ular yo‘q qilingan yoki shikastlangan.
Operatsiyaga turli kuch va vositalar, jumladan, qiruvchi samolyotlar, strategik bombardimonchilar, aviatashuvchi kema, raketa esminetslari, suvosti kemalari, shuningdek, Patriot zenit-raketa majmualari va THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari jalb etilgan.
CENTCOM qo‘shimcha qilishicha, Amerika qo‘shinlarining asosiy sa’y-harakatlari ballistik raketalar, dronlar, harbiy-dengiz tahdidlari va Eron harbiy-sanoat bazasi elementlarini yo‘q qilishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari mojaro boshlanganidan beri Eron raketa arsenalining faqat uchdan bir qismi yo‘q qilinganini ishonch bilan tasdiqlay olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi