AQSH Erondagi urush fonida neft bozoriga yordam bermoqchi

Olam

image

AQSH strategik neft zaxirasidan 172 million barrel neftni bozorga chiqaradi. Bu haqda mamlakat Energetika vaziri Kris Rayt ma’lum qildi.

AQSH Energetika vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishicha, bu qarorni Prezident Donald Tramp tasdiqlagan.

Bayonotga ko‘ra, neft yetkazib berish kelasi haftadan boshlanadi va taxminan 120 kun davom etadi.

Avvalroq, Xalqaro energetika agentligiga a’zo davlatlar ham jahon bozoridagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida jami 400 million barrel neftni bozorga chiqarishga kelishib olgan.

Kris Raytning ta’kidlashicha, keyingi bir yil davomida AQSH strategik zaxiralarni to‘ldirish uchun taxminan 200 million barrel neft sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu chiqarilgan hajmdan taxminan 20 foizga ko‘pdir.

Neft narxlarining oshishiga AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Eron amalda Hormuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ygan. Bu bo‘g‘oz Fors ko‘rfazi davlatlaridan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gaz tashishdagi asosiy yo‘l hisoblanadi. Jahon neft ta’minotining taxminan 20 foizi shu yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart kuni Hormuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasi o‘qqa tutilgandi. Tailand bayrog‘i ostida suzuvchi “Mayuree Naree” quruq yuk kemasida otishma oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Ekipajning 23 nafar a’zosi Ummon Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan evakuatsiya qilingan. Kema BAAning Xalifa portidan yo‘lga chiqqan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing