AQSH Eronga dam olish kunlari hujum boshlashi mumkin – OAV
Olam
−
21 fevral 5863 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning qaysi ob’ektlariga hujum qilish yoki nimalarni nishonga olishni qaror qilgani yo‘q, ammo rejalar haftaning oxirida amalga oshirilishi mumkin. Harakatlar asosan Tehronning yadroviy va ballistik raketa dasturlariga qaratiladi. Bu haqda “Politico” nashri yozdi.
Ma’lum qilinishicha, Tramp o‘z davrining eng katta va eng qimmat harbiy tayyorgarliklaridan birini amalga oshirmoqda. U Eronni nishonga olish uchun yuzlab aviatsiya kemalari, jangovar samolyotlar va razvedka samolyotlarini yuborgan – bu mintaqadagi eng katta Amerika harbiy kuchlari to‘planishi bo‘lib, Iroq urushidan beri bunday miqyosdagi kuch ishlatilmagan.
AQSH rasmiylari mart oyigacha barcha harbiy kuchlar mintaqada bo‘lishini ma’lum qilgan. Eron esa shu vaqtgacha vaziyatni hal qilish bo‘yicha yozma taklif kiritishni va’da qilgan.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 28 fevralda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qiladi.
Eronga hujum va yanvar oyidagi sobiq Venesuela rahbari Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish operatsiyasi AQSHni milliardlab dollar xarajatga qo‘yadi.
Trampning bu harakati ichki iqtisodiyotni mustahkamlash va chet el urushlaridan uzoq turish haqidagi va’dalariga zid. Faqatgina bir necha o‘nlab jangovar va razvedka samolyotlarini yuborishning o‘zi o‘nlab million dollarga tushishi mumkin.
Makur hujumda mintaqada 17 ta AQSH urush kemasi yuboriladi, bu dunyo bo‘ylab joylashgan taxminan 68 ta urush kemasining katta qismi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Maduroni qo‘lga olishdan oldin Karib dengizida taxminan 14 kema bo‘lgan.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga yadroviy dastur va boshqa muammolar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun 15 kun muhlat bergandi. Tramp agar kelishuvga erishilmasa, AQSH jiddiy choralar ko‘rishi, jumladan harbiy harakatlarni ham amalga oshirishi mumkinligini ma’lum qilgan.