AQSH Eronning barcha portlarini blokada qiladi

Olam

image

AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 13 aprel kunidan boshlab Eron portlariga kirib-chiqadigan barcha kemalarga nisbatan dengiz blokadasini boshlaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Trampning qarori e’lon qilindi.

Blokada Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazidagi barcha Eron portlarini qamrab oladi hamda barcha davlatlar kemalariga taalluqli bo‘ladi.

Shu bilan birga, AQSH tomoni Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin suzishga to‘sqinlik qilmasligini va Eronga tegishli bo‘lmagan portlarga cheklov qo‘yilmasligini bildirgan.

Bu qaror Islomobodda o‘tgan AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin qabul qilingan. Donald Trampning aytishicha, blokada orqali Eronning neft savdosidan tushadigan daromadlarini cheklash va kemalardan to‘lov olish amaliyotiga barham berish maqsad qilingan.

Eron tomoni esa bu bayonotlarni keskin rad etgan. Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Shaxram Iraniy AQSHning bunday tahdidlarini “kulgili va asossiz” deb atab, Eron floti mintaqadagi barcha harakatlarni nazorat qilayotganini bildirgan.

Muzokaralardagi asosiy kelishmovchiliklar yadroviy dastur va Hormuz ustidan nazorat masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Eron ushbu bo‘g‘ozni nazorat qilish va u orqali o‘tayotgan kemalardan boj olish huquqini talab qilgan, AQSH esa bu shartlarni qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya AQSH tomonidan e’lon qilingan Hormuz bo‘g‘ozining blokadasida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp blokada Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing