AQSH gumanitar rejasiz Rafah operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi – Bayden Netanyaxuga

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 18 aprel kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplashib, G‘azo sektoridagi Rafahga bostirib kirish ehtimoli bo‘yicha “aniq pozitsiyasini takrorladi”. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Vashington ishonchli gumanitar rejasiz Rafah operatsiyasini qo‘llab-quvvatlay olmasligi ta’kidlandi.

Oq uyning milliy xavfsizlik aloqalari bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi esa Isroil hujum boshlashdan oldin AQSHning xavotirlari va mulohazalarini tinglashga rozi bo‘lganini aytdi.

Shuningdek, Bayden va Netanyaxu 7 oktyabrdan keyin HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning borishini muhokama qilgan. Bundan tashqari, G‘azoga gumanitar yordam yetkazish sur’atini oshirish, jumladan, yangi o‘tish punktlarini ochishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

“Prezident ushbu taraqqiyotni insonparvarlik tashkilotlari bilan to‘liq muvofiqlashgan holda saqlab qolish va kengaytirish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Bayden va Netanyaxu Eron Isroilga zarbalar berganidan keyin mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan.

“Prezident Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning “Maariv” gazetasi Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan hibsga olish uchun order berilishi ehtimoli masalada o‘zi uchun ijobiy natijaga erishish maqsadida ko‘plab telefon suhbatlarini o‘tkazgani, jumladan, AQSH Prezidenti Jo Baydenga bilvosita bosim o‘tkazganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden Bin'yamin Netan'yaxu Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made