AQSH Qatardagi afg‘on qochqinlar lagerini yopadi
Olam
−
31 mart 1385 2 daqiqa
AQSH hukumati Qatardagi Sayliyah afg‘on qochqinlar lageri yopilishini e’lon qildi. Bu haqda “Hashte Subh” xabar berdi.
Qayd etilishicha, lagerning yopilishi sababli 1 000 dan ortiq qochqin va ularning oilalari ushbu muassasani tark etishiga to‘g‘ri keladi. Kecha, 30 mart kuni AQSH Davlat departamenti vakili qochqinlar uchinchi davlatga ko‘chishlari yoki Afg‘onistonga qaytishlari lozimligini aytgan.
Jamoat faollari lagerning hech qanday rejasiz yopilishi u yerdagi insonlarning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligidan xavotirlik bildirgan.
Ko‘pchilik qochqinlar 20 yillik urush davomida AQSH kuchlari bilan hamkorlik qilgan tinch aholi vakillari bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar hisoblanadi.
“Lagerdagilarning xavfsiz tarzda Afg‘onistonga qaytishi mumkin, degan g‘oya nafaqat ahmoqona, balki juda xavfli. AQSH hukumati o‘z va’dalarini bajarib, ushbu shaxslar uchun xavfsiz va aniq yechim taqdim etishi majburdir. Ular yillar davomida AQSHga kirish uchun eng qat’iy tekshiruvdan o‘tgan toifa hisoblanadi. Biz faqat hukumat o‘z va’dasini bajarishini so‘rayapmiz. 31 mart kuni lagerni yopib qo‘yish – bu yechim emas. Chunki bu odamlar lagerni tark etgach, qayerga borishi aniq emas”, degan qochqinlar va migrantlarga yordam beruvchi “Global Refuge” tashkiloti prezidenti va bosh direktori Krish Omara Vignarajah.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda ocharchilik inqirozi xalqaro moliyaviy yordam yetishmasligi tufayli tobora og‘irlashib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi