AQSH Qatardan HAMAS yetakchilarini chiqarib yuborishni so‘radi

Olam

image

AQSH Qatarga agar guruh Isroil bilan sulh bitimini rad etishda davom etsa, HAMAS yetakchilarini chiqarib yuborishi kerakligini aytdi. Bu haqda AQSH rasmiylariga tayanib,  The Washington Post nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bu haqda aprel oyida qatarlik mavqedoshi al-Taniga aytgan. Amirlik rasmiylari HAMASning siyosiy rahbariyatiga ketishga majbur bo‘lgan taqdirda zaxira rejasini ishlab chiqishni maslahat bergan.

“Dohada HAMASga bosim o‘tkazish samarasiz. Muammo shundaki, qaror qabul qiluvchilar G‘azoda va ular siyosiy idora qayerda ekanligiga ahamiyat bermaydilar”, degan rasmiy.

Nashrning ta’kidlashicha, "HAMASning Qatardagi vakolatxonasi AQSH va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuvning bir qismi sifatida yaratilgan. 10 yildan ortiq vaqt davomida Qatar Isroil bilan kelishilgan holda, HAMAS boshchiligidagi hukumatga yordam berish uchun G‘azoga pul yuborgan.

 HAMAS vakili agar tashkilot rahbarlari Qatardan ko‘chib o‘tsa, u holda faqat Iordaniyaga borishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qatar HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made