AQSH ortidan Yevropada ham talabalarning Isroilga qarshi namoyishlari kuchaymoqda

Olam

image

Fransiya va Yevropaning turli davlatlarida talabalar Falastinni himoya qilib, namoyish o‘tkazmoqda. Bu haqda “Euronews” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 may  kuni politsiya Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutining o‘nlab talabalarini hibsga olgan. Ular G‘azo sektori aholisini qo‘llab-quvvatlab, Falastin bayroqlarini ko‘tarib, Isroil bosqiniga qarshi shiorlar aytgan. Oqibatda universitet darslari ma’lum muddatga qoldirilgan.

Namoyishlardan yana biri  Sorbonna universiteti yaqinida o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Fransiyaning boshqa qator universitetlarida, jumladan, Lill va Lionda ham xuddi shunday norozilik chiqishlari kuzatilgan.

Siyosiy va ijtimoiy fanlar fakulteti binosini egallab olgan Shveysariyaning Lozanna universiteti talabalari ham sionistlarning G‘azodagi qirg‘iniga qarshi ommaviy norozilik bildirgan. 100 ga yaqin talaba universitet binosida tunab, rahbariyatga bir qator talablarni qo‘ygan. Rahbariyat tinchlikni saqlash uchun ularning ba’zi talablarini qondirgan.

“Biz Isroil davlati bilan ilmiy hamkorlikni to‘xtatishni talab qilib keldik”, degan namoyishchilardan biri telekanalga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi 80 dan ortiq universitetda Isroilga qarshi namoyishlar davom etayotgani haqida ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Evropa Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made