AQSH Polshaga 5 ming askar yuboradi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Polshaga qo‘shimcha 5 ming nafar harbiy yuborilishini ma’lum qildi. Bu Pentagonning mamlakatga 4 ming askar jo‘natish rejasini bekor qilganidan bir hafta o‘tib yuz berdi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Tramp, yuborilayotgan qo‘shinlar avval rejalashtirilgan kuchlarning davomimi yoki alohida operatsiyami bunga aniqlik kiritmagan.

Oq uy so‘nggi haftalarda “America First” siyosati doirasida Yevropadagi amerikalik harbiylar sonini qisqartirish niyatida ekanini bildirib kelmoqda.

Avvalroq, AQSH Germaniyadan ham 5 ming askarni olib chiqishini e’lon qilgan edi. Hozircha Polshaga yuboriladigan qo‘shimcha harbiylar Germaniyadan chiqarilayotgan qo‘shinlar tarkibidanmi yoki alohida guruhmi noma’lum.

AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagonning Polshaga 4 ming askar yuborish rejasi bekor qilingani aslida vaqtinchalik kechiktirish ekanini aytib, AQSH Polshadagi kuchli harbiy ishtirokni saqlab qolishini ta’kidladi.

Shunga qaramay, AQSH hanuz Yevropa xavfsizligining asosiy kafolatchisi bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan. Hozirda Germaniyada AQSHning Yevropadagi eng katta harbiy qismi joylashgan bo‘lib, u yerda 36 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmat qilmoqda. Taqqoslash uchun – Italiyada taxminan 12 ming, Buyuk Britaniyada esa, 10 mingga yaqin AQSH askari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pol'sha harbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing