AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar qayerda o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda Pokiston poytaxti Islomobod shahrida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirlari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan so‘ng bayonot bergan.

“Eron ham, AQSH ham muzokaralarni o‘tkazishda Pokistonga ishonch bildirganidan mamnunmiz. Pokiston yaqin kunlarda tomonlar o‘rtasida mazmunli muzokaralarni qabul qilish va ularga ko‘maklashish sharafiga muyassar bo‘ladi. Maqsad – mavjud mojaroni keng qamrovli va barqaror tarzda hal qilish”, degan u.

Shuningdek, u Xitoy rasmiylari bilan telefon orqali muloqot qilganini aytib, Xitoy AQSH–Eron muzokaralarini o‘tkazish bo‘yicha Pokiston tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda, deb ta’kidlagan.

Pokistonda bo‘lib o‘tgan vazirlar uchrashuvida siyosatchilar Yaqin Sharqdagi urushni yumshatish masalalari hamda boshqa mintaqaviy muammolarni muhokama qilgan. Pokiston diplomatik sa’y-harakatlarda muhim vositachi sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Pokistonda Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sammit o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing