AQSH va Isroil Isfaxondagi yadroviy ob’ektga hujum qildi

Olam

image

AQSH va Isroil Eronning Isfaxon shahridagi radiatsiyadan himoya qilish markaziga zarba berdi. Bu haqda ISNA xabar qildi. 

“2026 yil 7 mart kuni Isfaxon viloyatidagi gamma-nurlanish va sterillash ob’ekti sionistik rejim hamda AQSH tomonidan havo va raketa hujumiga uchradi”, deyiladi xabarda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, markaz jiddiy shikastlangan. Atrof-muhitda radiatsiyaviy ifloslanish haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Kecha, 8 mart kuni Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) ham Isfaxon aeroportida Eronning bir nechta F-14 qiruvchi samolyotlari yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. Samolyotlar 7 mart kuni amalga oshirilgan aviazarbalar to‘lqini oqibatida yakson qilingan. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalariga ham berilgan.

AQSH razvedkasi bahosiga ko‘ra, Eron 2025 yil iyun oyida AQSHning Isfaxondagi yadroviy ob’ektga bergan zarbalaridan so‘ng vayronalar ostida qolgan yuqori darajada boyitilgan uranning asosiy zaxirasiga tor tunnel orqali kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Nashrning yozishicha, fevral oyidagi sun’iy yo‘ldosh suratlarida bir nechta tunnel kirishlari, jumladan g‘arbiy qismida keng ko‘lamli qazish ishlari ko‘ringan.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Isfaxondagi uran zaxirasi Vashingtonda potensial yadroviy dasturning o‘ta muhim elementi sifatida ko‘rilmoqda: gap 60 foizgacha boyitilgan taxminan 970 funt (taxminan 440 kg) uran haqida ketmoqda – uni yadro quroli uchun ishlatish uchun boyitish darajasini 90 foizga yetkazish kerak. Nashrning aniqlik kiritishicha, uran konteynerlarda gaz holatida saqlanadi va uni chiqarib olish hamda ko‘chirish muddati noma’lumligicha qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa armiyasi Tehron yaqinida joylashgan maxfiy “Minzadexey” yadroviy majmuasiga zarba berganini ma’lum qildgani.  


Maqola muallifi

Teglar

Isfaxon yadroviy ob'ekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing