AQSH va Xitoyning TikTok bo‘yicha savdosi “pishdi” – CNN
Olam
−
15 Sentabr 6281 1 daqiqa
Xitoy AQSH bilan TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sotish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Buni AQSH Moliya vaziri Skott Bessent tasdiqlagan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Bessent tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortib, barcha ma’lumotlar joriy yilning 19 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin uchrashuvida e’lon qilinishini bildirgan.
Bunga qadar esa Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mamlakat yoshlari “juda saqlab qolishni istagan muayyan kompaniya sotilishi” bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida yozgan.
Ma’lumot uchun, TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. AQSH hukumati Xitoy hukumati kompaniyani majburan Pekinga amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini topshirishga undashi mumkinligidan xavotirda. Shu sababli, hozirgi ko‘rinishda bu ijtimoiy tarmoq AQSHda milliy xavfsizlikka tahdid soladi, deb hisoblanadi.
2024 yilda AQSH Kongressi ByteDance’ni mamlakatdagi bo‘linmasini sotishga majbur qiluvchi qonun qabul qilgan edi. Aks holda TikTok to‘liq bloklanishi bilan tahdid qilingan. Avvaliga kompaniyaga bu ish uchun 270 kun berilgan, biroq keyinchalik sotish muddati bir necha marta cho‘zilgan.
Live
Barchasi