AQSH va Ukrainaning Turkiyadagi muzokaralari bekor qilindi – OAV

Olam

image

Bugun, 19 noyabr kuni Turkiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Ukraina Prezidenti Ma’muriyat rahbari Andrey Yermak o‘rtasidagi muzokaralar bekor qilindi. Bu haqda “The Economist” jurnalisti Oliver Kerroll X (sobiq Twitter) dagi sahifasida xabar bergan.

Kerrollning ta’kidlashicha, uchrashuv bekor qilinishiga asosiy sabab Ukrainada energetika sohasida yuzaga chiqqan korrupsiya mojarosi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Ukraina muxolifat partiyalari Yermakning iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Ularning fikricha, rasmiy doiralardagi shaffoflikning yo‘qligi va korrupsiya haqidagi ayblovlar Yermakning siyosiy ishonchliligini jiddiy zaiflashtirgan.

Uchrashuvning bekor qilinishi “Tramp rejasi” kontekstida kutilmagan qadam sifatida baholanmoqda. Uitkoff va Yermak muloqoti tinchlik jarayonini oldinga siljitishi mumkinligi aytilgan edi.

Agar korrupsiya mojarosi tasdiqlansa, bu Yermakning siyosiy mavqeiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Ayrim muxolifat vakillari allaqachon uning iste’fosini talab qilmoqda.

Kerrollning posti hozircha rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Muzokaralarning bekor qilingani yuzasidan AQSH yoki Ukraina tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini faollashtirish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurishini e’lon qilgandi.

Qobilova Komila


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ukraina OAV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing