AQSH yaqin orada Eronda quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin
Olam
−
26 mart 4728 2 daqiqa
Amerika qo‘shinlarining Erondagi quruqlikdagi operatsiyasi yaqin orada boshlanishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” jurnalisti Aleks Uord ma’lum qildi.
“Kongressdagi kamida uch nafar respublikachi, jumladan, Vakillar palatasi va Senatning Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitalari raislari Eronda quruqlikdagi operatsiya rejalashtirilgani va u potensial ravishda tez orada boshlanishi mumkinligini ochiq bayon qilishmoqda”, deb yozdi jurnalist X ijtimoiy tarmog‘ida.
Bundan oldin “The Jerusalem Post” nashri AQSH Eron neft eksportining 90 foizi o‘tadigan Xarg orolini egallash uchun quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshlashdan “boshqa chorasi qolmasligi mumkin” deb hisoblayotgani haqida xabar bergan edi. Orolni egallash rejalari haqida “Axios” ham yozgan. “Financial Times” va “Newsmax” nashrlari esa minglab dengiz piyodalari va harbiy kemalarning Yaqin Sharqqa tezlashtirilgan holda jo‘natilayotgani haqida xabar tarqatdi.
CNN manbalariga ko‘ra, Eron orolga qo‘shimcha qo‘shinlar o‘tkazmoqda va bostirib kirish ehtimoliga qarshi tuzoqlar o‘rnatmoqda. Eronning “Tasnim” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xarg orolini egallashga urinish sodir bo‘lsa, Tehron “misli ko‘rilmagan” javob qaytarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Amerika o‘q-dorilar arsenali uchun o‘ta muhim komponentlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha bir nechta harbiy-sanoat korporatsiyalari bilan kelishuv imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi