AQSH Yaqin Sharqqa yana 10 ming askar yuborishi mumkin – OAV

Olam

image

Pentagon yaqin kunlarda Yaqin Sharqqa yana 10 minggacha quruqlik harbiy xizmatchilarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda vazirlikdagi manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kuchlar piyoda qo‘shinlar va zirhli texnikalarni o‘z ichiga oladi hamda mintaqaga allaqachon yuborilgan 5 mingga yaqin dengiz piyodalari va 82-havo-desant diviziyasining minglab desantchilariga qo‘shiladi. Bu Tehron bilan muzokaralar haqidagi bayonotlarga qaramay, Prezident Donald Trampga harbiy jihatdan ko‘proq harakat erkinligini beradi.

Qo‘shinlar aynan qayerga yo‘naltirilishi hozircha noma’lum. WSJ taxminiga ko‘ra, ular Eron chegarasi va Eron o‘z neftining 90 foizini eksport qiladigan Xarg oroli yaqinida joylashtiriladi.

“Axios” suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qaror kelasi haftada qabul qilinishi mumkin. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Eronga “yakuniy zarba” berishning harbiy variantlarini ishlab chiqmoqda, bu variantlar quruqlikdagi qo‘shinlardan foydalanishni va ommaviy bombardimonni o‘z ichiga olishi mumkin.

Oq uy rahbari hozircha ushbu ssenariylardan birortasini amalga oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Biroq manbalarning ta’kidlashicha, agar Tehron bilan muzokaralar yaqin orada sezilarli natija bermasa, u vaziyatni yanada keskinlashtirishga (eskalatsiyaga) tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika harbiylari uzoq masofaga uchuvchi Dark Eagle gipertovushli raketasining navbatdagi sinovlarini o‘tkazgan edi. Armiya uzoq masofali gipertovushli qurolga (Long-Range Hypersonic Weapon, LRHW) rasman Dark Eagle nomini atigi bir necha kun oldin bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq askar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing