AQSH JCH uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
Sport
−
11 aprel 2910 2 daqiqa
AQSH elchixonasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga bormoqchi bo‘lganlar uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati chiptasi egasi FIFA PASS orqali viza suhbatiga yozilishi uchun avval fifa.com saytida chipta sotib olinishi shart.
Keyin, fifa.com/tickets saytida rozilik formasini pasport ma’lumotlari bilan to‘ldirib, so‘ngra state.gov/fifa-world-cup-26 saytida DS-160 arizasini xuddi shu ma’lumotlar asosida to‘ldirish va viza suhbatini belgilash talab qilinadi.
- Shundan so‘ng, FIFA PASS dasturida ishtirok etishga rozilik shaklini yuborish uchun fifa.com akkauntiga kirish lozim;
- Ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritish shart;
- Viza uchun ariza topshirish jarayonini state.gov/fifa-world-cup-26 saytida boshlash lozim;
- Fuqarolik davlati yoki ariza topshiriladigan doimiy yashash mamlakatini tanlash kerak;
- DS-160 viza arizasi uchun onlayn formani to‘ldirish lozim;
- Viza arizasi shakliga (DS-160) ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritish kerak;
- Bu ma’lumotlar fifa.com saytida kiritilgan pasport ma’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi shart.
- Viza suhbati sanasini belgilash lozim;
- Yangi suratni yuklash va viza to‘lovini amalga oshirish kerak;
- “Siz FIFA chiptasi egasimisiz?” savoliga “Ha” deb javob berish lozim;
- Agar viza tizimidagi ma’lumotlar rozilik formasidagi ma’lumotlarga mos kelsa, FIFA PASS imtiyozli ro‘yxatga olish tizimi orqali viza suhbatiga kirish mumkin bo‘ladi.
Keyingi qadamda suhbatga borish va barcha savollarga rost javob berish talab etiladi.
Live
Barchasi