AQSHda federal hukumat faoliyati qisman to‘xtatildi
Olam
−
01 fevral 3705 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlarda kecha, 31 yanvar tongidan boshlab federal hukumatning ayrim tuzilmalari faoliyati qisman to‘xtab qoldi. Bunga sabab bir qator idoralar uchun moliyalashtirish tasdiqlanmagani. Ushbu holat AQSH Kongressi Senati bir kun avval moliyaviy yil oxirigacha bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha qonun loyihalari paketini ma’qullaganiga qaramay yuz bergan. Bu haqda Amerika OAV xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Senat tomonidan tasdiqlangan hujjatlar hozircha AQSH Kongressining Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqilmagan. Quyi palata hozir tanaffusda bo‘lib, uning yig‘ilishi ertaga, 2 fevralga belgilangan. Shu vaqtgacha federal tuzilmalarning bir qismi moliyalashtirilmasdan qolmoqda.
Qayd etilishicha, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligini moliyalashtirish masalasi bahsli bo‘lib qolmoqda. Mazkur vazirlik tasarrufida immigratsiya va chegara xizmatlari faoliyat yuritadi. Aynan shu yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishilmagani qisman “shatdaun”ning asosiy sababi bo‘lgan.
Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, ishlarning to‘xtashi qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Agar Vakillar palatasi qonun loyihalari paketini ma’qullab, Prezident uni imzolasa, federal idoralarni moliyalashtirish yaqin kunlarda qayta tiklanishi mumkin.
Live
Barchasi