AQSHda ikki boshli noyob buzoq tug‘ildi

Bu qiziq

image

Amerikaning Luiziana shtatidagi fermada 2 boshli buzoq dunyoga keldi. Bu haqda “Associated Press" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, buzoq tug‘ilganiga 10 kun bo‘lgan. Ferma egasi Don Bro buzoqning tirik tug‘ilishini mo‘’jiza deya, unga "Deux Face" deb nom bergan. "Deux" so‘zi fransuzcha "ikki" degan ma’noni anglatadi.

Hozirda buzoqning oyoqlari zaiflashgan va mustaqil ravishda harakat qila olmaydi. Uning ikkita tumshug‘i borligi tufayli, buzoqcha boshini ko‘tarishga qiynaladi. Shu sababli fermerning ishchilari uni shisha orqali ovqatlantirmoqda.

Ferma boshlig‘i Don Broning aytishicha, buzoq qisqa umr ko‘radi. Chunki polisefaliya bilan tug‘ilgan buzoqlarning aksariyati o‘lik tug‘iladi.

Shuningdek, Don Bro buzoq sotilmasligini aytdi. Fermer "Deux Face"ning tinchligi uchun tashrif buyuruvchilar va jurnalistlarga uni ko‘rishga ruxsat bermaydi.

Ma’lumot uchun, polisefaliya bitta embrionning to‘liq ajralmasligi yoki ikkita alohida embrionning to‘liq qo‘shilmasligi natijasidir. Bu asosan sudralib yuruvchilarda, ayniqsa, ilon va toshbaqalarda ko‘p uchraydi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh noyob buzoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing