AQSHda qor bo‘roni qurbonlari soni 70 nafardan oshdi
Olam
−
17:31 765 1 daqiqa
AQSHda qor bo‘roni va ob-havo bilan bog‘liq turli hodisalar oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qor bo‘roni dam olish kunlari va 26 yanvar kuni AQSH hududining uchdan ikki qismini qamrab olgan. Noqulay ob-havo qariyb 200 million kishiga ta’sir ko‘rsatgan. Sovuq siklon mamlakatning sharqiy qismini qamrab olib, havo harorati me’yoridan past darajaga tushishda davom etmoqda. Sinoptiklar bu holat “so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi eng uzoq davom etadigan sovuqlardan biri bo‘lishi mumkin”, deya ogohlantirgan.
Qayd etish joiz, joriy yilning 23 yanvar kuni “Fern” nomli qishki bo‘ron AQSHni qamrab oldi. Ayrim hududlarda qor qatlami 30 santimetrgacha yetdi, vaziyatni kuchli sovuq va muzlama yanada murakkablashtirgan. Elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetgani sababli 700 mingga yaqin amerikalik elektr energiyasiz qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda qor yog‘ishi va sovuq bilan birga kelgan bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.