Akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish uchun test sinovlari 24-25 iyul kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kirish test sinovlari 2025 yil 24 iyul kuni respublikaning barcha hududida, 25 iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:

  • birinchi smena soat 9:00 da;
  • ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

test sinovlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing