Alisher Sultonov ishdan olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Saidabbasovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Alisher Sultonov ushbu lavozimida joriy yilning iyulidan buyon ishlab kelayotgan edi. U 2019 yildan 2022 yilning apreliga qadar Energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Sultonov 1967 yilda tug‘ilgan. A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan. 1996−1998 yillarda “O‘zneftqaytaishlash” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bo‘yicha shartnomani bajarish bo‘yicha direksiyasining uskuna va qurilmalarni tayyorlash hamda qabul qilishni nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

1998−1999 yillarda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Sho‘rtan qurilishi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

2017 yildan 2019 yilga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing