Alisher Usmonovning boyligi 3,12 mlrd dollarga ko‘paydi

Olam

image

Joriy yil boshidan beri rossiyalik tadbirkor va milliarder Alisher Usmonovning boyligi 3,12 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining umumiy boyligi 20,163 milliard dollarga oshgan. Boyligi eng katta sur’atda o‘sgan shaxs Telegram asoschisi Pavel Durov bo‘lib, u yil boshidan beri 3,27 milliard dollarga boyigan. Natijada uning umumiy boyligi 14,3 milliard dollarga yetgan.

Pavel Durovdan tashqari quyidagi tadbirkorlar ham sezilarli o‘sishga erishgan:

  • Alisher Usmonov (USM asoschisi va yirik aksiyadori) – + 3,12 mlrd dollar, umumiy boyligi 16,3 mlrd dollar;
  • Viktor Vekselberg (“Renova” guruhi rahbari) – + 3,02 mlrd dollar, umumiy boyligi 10,3 mlrd dollar;
  • Vladimir Potanin (“Interros” va “Norilsk Nikel” rahbari) – + 2,56 mlrd dollar, umumiy boyligi 30,4 mlrd dollar;
  • Sulaymon Karimov (tadbirkor, Federatsiya Kengashi a’zosi) – + 2,60 mlrd dollar, umumiy boyligi 9,64 mlrd dollar.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “Forbes” nashri joriy yil aprel holatiga ko‘ra, dunyodagi eng boy insonlar ro‘yxatida Alisher Usmonovni 144-o‘rindan 125-o‘ringa ko‘tarilganini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov milliarder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing