Allegri “Real”ni boshqarish uchun shart qo‘ydi
Sport
−
06 mart 2451 1 daqiqa
Avvalroq, “Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunida “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Agar italiyalik mutaxassis Madrid klubini boshqarsa, u jamoa safiga ikki nafar futbolchini olib kelishni so‘rashi mumkin. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Allegri avvalo Madrid jamoasi safida to‘p surgan yarim himoyachi Luka Modrichni yana “qirollik klubi”ga qaytarishni istamoqda. Futbolchining “Milan” bilan shartnomasini uzaytirish masalasi hali yakuniy hal etilmagan. Allegri 40 yoshli xorvatiyalikni maydonda murabbiyning g‘oyalarini jamoaga yetkaza oladigan tajribali futbolchi sifatida ko‘radi.
Shuningdek, ikkinchi futbolchi sifatida “Milan” yarim himoyachisi Adriyen Rabo ham ko‘rib chiqilmoqda. U Allegri qo‘l ostida “Yuventus”da muhim rol o‘ynagan va hozirda “Milan”ning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Ispaniya chempionatida 26 turdan so‘ng “Real Madrid” 60 ochko bilan turnir jadvalida “Barselona”dan to‘rt ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi