Amerikalik chempion Olimpiadada jiddiy jarohat oldi (video)
Sport
−
11:16 3367 1 daqiqa
Amerikalik tog‘ chang‘isi sportchisi Lindsi Vonn 2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida jiddiy yiqilishdan so‘ng jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda NBC News nashri xabar berdi.
Kecha, 8 fevral kungi bahslarda 41 yoshli sportchi musobaqalarda ishtirok etgan. Biroq, poyga boshidayoq u bayroqchaga ilinib ketgan. Shundan so‘ng Vonn havoda aylanib, qor ustiga qattiq qulagan va katta tezlikda qiyalik bo‘ylab sirg‘alib ketgan. Sportchiga voqea joyida zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, keyinchalik esa u shifoxonaga yotqizilgan.
AQSH terma jamoasi bir necha soatdan so‘ng Vonnning ahvoli barqaror, u amerikalik va italiyalik shifokorlarning ishonchli nazorati ostida ekanini ma’lum qildi.
Manba mahalliy rasmiyga tayanib, sportchi chap oyog‘ini sindirib olgani va jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lganini xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olimpiada arafasida ham Vonn jarohat olgan edi – u chap tizzasidagi ACL paylarini yirtib olgan. Ushbu jarohat 30 yanvar kuni Shveysariyada o‘tkazilgan mashg‘ulot paytidagi yiqilish oqibatida yuzaga kelgan. Shunga qaramay, sportchi musobaqalarda maxsus breket bilan qatnashgan.
Ma’lumot uchun, Lindsi Vonn 2010 yil Vankuver Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U tog‘ chang‘isi tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan va eng mashhur sportchilardan biri hisoblanadi.
Live
Barchasi