Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati to‘xtatiladi

Jamiyat

image

7-9 may kunlari Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanida Qipchoq – Blokpost stansiyalari oralig‘idagi temiryo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib boriladi. Shu munosabat bilan 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton ko‘prigi orqali amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Amudaryo qo'shma ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made