Andijonda kadastr bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora oldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqarodan 3 000 AQSH dollari pora olgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kadastr agentliging Jalaquduq tumani bo‘limi boshlig‘i uy-joy qurish va dehqon xo‘jaligida foydalanish uchun fuqaro M.M.ga jami 25 sotix yer maydoni ajratib berishi evaziga 2024 yilda 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘ziga nisbatan shubha uyg‘otmaslik maqsadida fuqaroga go‘yoki “Sharxoncheki” MFY hududidan uy-joy qurish uchun 8 sotix yer maydoni ajratilganligi to‘g‘risida qaror chiqarilganini aytgan.

Tadbir davomida, Jalaquduq tumani kadastr bo‘limi xodimi A.O. bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga asosan fuqaroga 3 000 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mansabdor xodimi pora olayotganda qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Andijon Kadastr agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing