Angrenda 15 yoshli qiz jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahrida voyaga yetmagan 15 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani ushbu holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan joriy yilning 9 aprel kuni Angren shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tergov jarayoni ustidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan nazorat amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat yuzasidan kuzatuv olib bormoqda. 

Shu bilan birga, jabrlanuvchi qizning protsessual huquqlari kafolatlanganini ta’minlash masalasi ham doimiy monitoringdaligi bildirilgan. 

Qayd etilishicha, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida vakolatli davlat organi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham mazkur holatni alohida nazoratga olgan. Agentlikning hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari jabrlangan bolani himoyalash va reabilitatsiya qilish yuzasidan o‘z vaqtida kompleks choralarni ko‘rmoqda.

Bildirilishicha, voyaga yetmagan qizga barcha zaruriy himoya choralari, jumladan, psixologik yordam, ijtimoiy maslahat va tibbiy yo‘naltirishlar ko‘rsatilgan. Markaz mutaxassislari bola va uning oilasi bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda. Voyaga yetmagan qiz esa hozirda bronxopnevmaniya va anemiya tashxisi bilan shifoxonada davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada o‘gay otasining jinsiy tajovuziga uchragan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Angren

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing