Angrenda MAN Matiz bilan to‘qnashib, yonib ketdi
3-sahifa
−
04 Oktabr 5414 1 daqiqa
Bugun, 4 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN va Matiz o‘zaro to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:45 da Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 88-kilometrida harakatlanib ketayotgan MAN rusumli yuk avtomashinasi Matiz avtomashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Xabarga asosan, soat 19:51 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 19:53 da o‘rab olingan va soat 20:07 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Volvo rusumli yuk avtomobili yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan.
Live
Barchasi