APLda 5-tur uchrashuvlari yakunlandi
Sport
−
22 Sentabr 2586 3 daqiqa
Kecha, 21 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasida 5-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” o‘z hamshaharlari bilan derbida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” uyida “Chelsi”ni yengdi. Turning markaziy uchrashuvida “Arsenal” va “Manchester Citi” murosa yo‘lini tanladi.
- “Liverpul” 2-1 “Everton”. Mersisayd derbisida “Liverpul” ustun keldi. Arne Slott shogirdlari Gravenberx va Ekitikening gollari evaziga hisobda oldinga chiqdi. “Everton” esa bitta javob goli kiritishga erishdi, ammo bu yetarli bo‘lmadi.
- “Brayton” 2-2 “Tottenxem”. O‘yin davomida “Brayton” ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi, biroq “Tottenxem” kurashni qo‘ldan boy bermadi va yakunda durang natijaga erishdi.
- “Vulverxempton” 1-3 “Lids Yunayted”. “Lids” yaxshi pressing orqali ustunlikka erishdi va uchta gol urdi. “Vulverxempton” faqat bitta gol bilan javob bera oldi.
- “Vest Xem” 1-2 “Kristal Pelas”. London derbisida “Kristal Pelas” mehmonda bo‘lsa-da, o‘z imkoniyatlardan unumli foydalandi va muhim g‘alaba erishdi.
- “Bernli” 1-1 “Nottingem Forest”. Teng kuchlar bahsida ikkala jamoa ham gol urib, 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.
- “Manchester Yunayted” 2-1 “Chelsi”. “Manchester Yunayted” Old Traffordda muxlislarini xursand qildi. Birinchi bo‘limda ustunlikda harakat qilib, oxirigacha natijani saqlab qoldi. Uchrashuvda har ikkala jamoa a’zolariga (“Chelsi”dan Robert Sanches, MYUdan Kazemiro) ham bittadan qizil kartochka ko‘rsatildi.
- “Fulxem” 3-1 “Brentford”. “Fulxem” o‘z uyida kuchli o‘yin ko‘rsatib, raqibini ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
- “Sanderlend” 1-1 “Aston Villa”. “Aston Villa” mavsumdagi dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Sanderlend” esa ikkinchi bo‘limdagi goli evaziga bir ochko ishlab oldi.
- “Bornmut” 0-0 “Nyukasl Yunayted”. O‘yin juda yopiq bo‘ldi. Himoyalar mustahkam harakatlanishdi va hisob ochilmadi.
- “Arsenal” 1-1 “Manchester Citi”. O‘yinda Xoland “Manchester Citi”ni oldinga olib chiqdi. Jamoa uchrashuvning so‘ngi daqiqalarigacha ustunlikni o‘zida saqlab turgan edi, ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Martinellining goli “Arsenal”ni qutqardi. Tomonlar durrangga imzo chekdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va jarohat sabab ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, APLda yakunlangan tur uchrashuvlaridan so‘ng, “Liverpul” jamoasi 15 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Eng yaqin ta’qibchisi “Arsenal” esa 10 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni band etgan. 6-tur uchrashuvlari joriy yilning 27 sentyabr kuni start oladi.
Live
Barchasi