Argentinada Messining haykali buzib tashlandi

Sport

image

Kecha, 30 noyabr kuni ertalab Argentinaning Mar-del-Plata shahri markazidagi El Nuevo Mundial kafesi kirish qismida joylashgan Lionel Messining haykali butunlay vayron bo‘lgan holda topildi. Bu haqda “La Nacion” nashri xabar berdi.

Aybdorlar hali aniqlanmagan, ammo nashrning xabar berishicha, ertalab soat 6 lar atrofida hududda yurgan ikki yigit haykalni itarib yuborgan. Oqibatda haykal yerga qulab, bir necha bo‘lakka bo‘lingan. Haykalning bel qismi singan, shuningdek, Qatar-2022 Jahon Chempionati kubogi ham buzib tashlangan. Haykalning nima sabab buzilgani ham hozircha aniq emas.

Muassasa hozirda haykalni tiklash mumkinligi va qanday choralar ko‘rilishi kerakligini baholamoqda. Kafe 2018 yilda Messi sharafiga tashkil etilgan bo‘lib, 2022 yilgi Qatar jahon chempionati muxlislari uchun asosiy uchrashuv nuqtasiga aylangan. 2024 yilda Messining haykali turistlar va mahalliy aholi uchun eng ko‘p suratga olinadigan diqqatga sazovor joylardan biriga aylangan edi.

Voqea Messi “Inter Mayami”ni MLS Sharqiy konferensiya g‘olibiga aylanib, MLS kubigi finaliga yo‘l olgan uchrashuvdan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub afsonasi Lionel Messining haykali yaqinda qayta ochiladigan “Kamp Nou” tashqarisida o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina haykali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing